Kompaniya

Biz haqimizda…

"XO'JALIK HISOBIDAGI TA'MIRLASH" xususiy korxonasi

       Xususiy korxona Qarshi shahar xokimining 1996 yil 5 apreldagi X-284/5 sonli qarori bilan ro’yxatga olinib, shu kunga qadar qurilish montaj ishlari bilan shug’ullanib kelmoqda. Qurilish pudrat tashkilotining qurilish bozordagi ish staji 22 yilni tashkil etadi. «Xoʼjalik Hisobidagi Taʼmirlash» Xususiy Korxonasi (STIR: 201764998)  shu kunga qadar Davlat investitsiya dasturi va manzilli dasturlari asosida 23 dan ortiq qurilish, taʼmirlash hamda rekonstruktsiya ishlarini bajargan. Shu jumladan oxirgi 5 yil ichida quyidagi qurilish taʼmirlash va rekonstruktsiya qilish ishlarini bajargan: 2016 yilda 1,951 mlrd soʼmlik Mirishkor tumani Jeynov qishlogʼidagi №21 sonli musiqa va sanʼat maktabini rekonstruktsiya qilish, 3,358 mlrd soʼmlik Qarshi shahridagi fuqarolik ishlari boʼyicha Qarshi tumanlararo sudi maʼmuriy binosi qurilishi hamda 571,171 mln soʼmlik Dexqonobod tumani Okirtma qishlogʼidagi aholi madaniyat va dam olish markazini rekonstruktsiya qilish, 2017 yilda 1,012 mlrd soʼmlik Qarshi tumani Qovchin qishlogʼidagi № 59 sonli maktabni kapital rekonstruktsiya qilish, 115,938 mln soʼmlik Yakkabogʼ tumani Ishkent qishlogʼidagi nozirlar xizmati uyi qurilishi, 115,938 mln soʼmlik Yakkabogʼ tumani Oʼrta qishlogʼidagi nozirlar xizmati uyi qurilishi, 2018 yilda 4,632 mlrd soʼmlik Qarshi shahri Shayxali qurgʼonchasidagi 4 qavatli 72 xonadonli turar joy binosini rekonstruktsiya qilish, 2019 yilda 4.631 mlrd soʼmlik Qamashi tumanidagi Qoratepa musiqa va sanʼat maktabini rekonstruktsiya qilish, 4,055 mlrd soʼmlik Qamashi tumani Qoratepa qishlogʼidagi 20 koykali qishloq uchastka shifoxonasini kapital taʼmirlash, 2020 yilda 3,595 mlrd soʼmlik Kasbi tumanidagi 14-sonli maktabni rekonstruktsiya qilish obʼektlarini qurib foydalanishga topshirilgan.
Korxona avtoparkida KАMАZ 53213 rusumli Аvto kran 25 tonnalik 2) KАMАZ 5511 oʼzi agʼdaruvchi (samosval) 3) YuMZ-6KL (ekskovator) 0,25 m3 4) GАZ 3507 rusumli oʼzi agʼdaruvchi (samosval) 5) KАMАZ 55102 rusumli oʼzi agʼdaruvchi (selxoz) 6) GKB8350 rusumli yarim tirkama (2 dona) kabi texnikalar mavjud.
Korxonamizda doimiy ravishda 50 ta ishchi xizmatchilar ish bilan band boʼlib kelmoqda, shundan 12 nafari oliy maʼlumotli injener texnik xodimlari, 2 ta malakali arxetiktori, 1 ta malakali geodezisti, 3 ta malakali ish yurituvchi (prorab) 4 ta injener (ishlab chiqarish muxandisi) 1 texnik xavsizlik buyicha mutaxassisi, 1 ta bosh muxandisi xisoblanadi.
Korxonamiz tomonidan “Personal Qurilish Savdo” MChJ bilan xamkorlikda barcha turdagi 100 markadan 400 markagacha boʼlgan temir beton buyumlari hamda pishiq gʼisht ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyilgan. Korxonamiz tomonidan “Personal Qurilish Savdo” MChJga tegishli boʼlgan MAN TGS rusumli oʼzi agʼdaruvchi (samosval), HOWO rusumli oʼzi agʼdaruvchi (samosval-2 dona), HOWO Аvtobetonosmesitelь 336 (4 dona), ZOOMLION rusumli avtokran 55-tonnalik, WPCG125E22 rusumli yuklagich (pogruzchik) 3 tonnalik, K-103 rusumli minorali kran, 8 tonnali (kran bashennыy), MAN TGS rusumli maxsus beton burgʼulovchi maxsus qurilish mashina mexanizmlaridan hamkorlik asosida foydalanadi.